O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Obod mahalla - ezgulik beshigi

2018-06-20 | Jamiyat

Azaldan tinch yurtga to’y-tantana, bayramu shodlik yarashadi deya bejiz aytilmagan. Bugun ham yurtimizning har bir go’shasida bayram, kontsert dasturlari o’tkazilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 17 iyun kuni Jizzax viloyatining Mirzacho’l tumanida joylashgan Gagarin shaharchasida, 18 iyunda esa viloyatning Forish tumani  Xonbandi qishlog’ida Prezidentimizning tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan «Obod qishloq» dasturining ijobiy amalga oshirilishi va unda fidoyi mehnat qilayotgan usta quruvchilar, mahalliy aholi vakillari hamda hasharchilarning madaniy hordiq chiqarishlari, ularning kayfiyatiga yanada ko’tarinkilik ulashash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi ashula va raqs ansambli san’atkorlari, sharqona sozandalari ishtirokida ajoyib kontsert dasturlari tashkil etildi.

Dillarni yayratib, tomoshabinlarni xonandalar bilan baralla qo’shiq kuylashga zamin yaratgan kontsert dasturlarida vazirlikning Madaniyat saroyi ashula va raqs ansambli san’atkorlari, jumladan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Uchqun Tillaev, Dilnoza Ismiyaminova, «Nihol» mukofoti sovrindorlari Farhod Qambarov, xonandalar Zokir To’ychiev, Dilmurod Musaev, Suxrobbek Hamdamov va sharqona sozanda Abdulaziz Zokirovlar o’zlarining ajib kuy-qo’shiqlari bilan, so’z ustalari Zokir Ochildiev, O’tkir Muhammadxo’jaev va Avaz Oxunlar esa kayfiyatni ko’taruvchi latifalari bilan ishtirok etdilar.

Shu o’rinda bir narsani qayd etish kerakki, ushbu shodiyonalar shunchaki ko’ngil yozish uchun emas, aksincha mamlakatimiz xududlarining rivojlanishi, yangi turar-joy maskanlarining bunyod etilishi, aniq maqsadlarning amalga oshayotganini keng nishonlash va unda o’zining fidoyi mehnati bilan hissa qo’shayotgan yurtdoshlarimizning ko’ngillarini ko’tarish, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun tashkil etilmoqda, - deya xabar beradi muxbirimiz, katta serjant  Mirzo Ulug’bek Madalimov.

Поделиться