O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mustahkam oila – jamiyat tayanchi

2018-06-20 | Jamiyat

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yoshlarni ta’lim-tarbiya jarayoniga keng jalb etishda oila, mahallalarning faolligini ta’minlash, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish masalasida bir qator tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, joriy yilning 19 iyun kuni Chilonzor tumani “Barkamol avlod” bolalar markazida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari uchun “Mustahkam oila” dasturi doirasida erishilgan ijobiy natijalar va kelgusidagi hamkorlik ishlariga bag‘ishlangan brifing tashkil qildi.

Mazkur tadbirda Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati va mas’ul xodimlari, “Mustahkam oila” dasturining milliy trenerlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va dasturda qatnashgan ota-onalar farzandlari bilan ishtirok etishdi.

Seminarda so‘zga chiqqan Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev va boshqalar ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar samaradorligini oshirish, ota-onalarni farzandlari bilan do‘stona va ishonchli munosabatlarni shakllantirish, avvalo farzandini tinglash, taqiqlar orqali emas, balki rag‘batlantirish orqali farzandini to‘g‘ri maqsadlar sari yo‘naltirish, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning oqibatlarini to‘g‘ri tushuntirish kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Qayd etish lozimki, 2016-2017 yillarda dastur Toshkent shahrining 7 ta maktabida qo‘llanilgan bo‘lsa, joriy yilda Xalq ta’limi vazirligining tashabbusi bilan Toshkent shahrining barcha tumanlarida amalga oshirildi. Aprel-may oylari davomida milliy trenerlar va treningga jalb etilgan xalq ta’limi tizimi xodimlari tomonidan dastur poytaxtimizning 12 ta umumta’lim maktablarida amalga oshirilib, jami 120 ta oila qamrab olindi. Dastur 7 xafta davomida, xaftasiga bir marta, turli hil o‘yinlar, ta’limiy dasturlar, munozaralar tarzida tashkil etildi va ushbu mashg‘ulotlarda ota-onalar o‘z farzandlari bilan birgalikda topshiriqlarni bajarib bordilar.

Tadbir davomida ota-onalar va ularning farzandlari “Mustahkam oila” dasturi doirasidagi 7 haftalik treninglardagi ishtiroki va taassurotlari haqida gapirib o‘tdilar.

Yakunda ishtirokchilar tomonidan oilalarni mustahkamlash orqali erta o‘smirlik yoshidagi bolalarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirishga erishish, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, yoshlarni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash masalalariga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samararalar berayotgani ta’kidlandi.

Поделиться