O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining PISA bo‘yicha mas’ul eksperti ishtirokida videouchrashuv
2018-06-19 | Jamiyat
Joriy yilning 15 iyun kuni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N.Tashkenbayev va Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining PISA bo‘yicha mas’ul eksperti (menejeri) Maykl Uordning ishtirokida videouchrashuv o‘tkazildi.
Ushbu videouchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirishda rivojlangan davlatlar qatori PISA programmasiga o‘tish borasida bu dasturning asosiy o‘ziga xos tomonlarini muhokama qilish edi.
Videouchrashuvni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Tashkenbayev janob Maykl Uordga O‘zbekistonning PISA programmasiga qo‘shilish taklifi bilan jo‘natilgan xati yuzasidan ijobiy javobi uchun minnatdorchilik bildirish bilan boshladi.
Videouchrashuvda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti TALIS bo‘yicha mas’ul ekspertlari janob Pablo Frezer, Lizli Osulivan va PISA bo‘yicha mas’ul eksperti janob Maykl Uordlar qatnashib, O‘zbekiston tomonidan jo‘natilgan xat yuzasidan O‘zbekiston 2021 yilda PISA programmasida qatnashish xohish istagi borligi bildirilgan.
Janob Maykl Uord O‘zbekiston PISA programmasida qatnashish taklifi bilan chiqqanligidan mamnun ekanligini, ushbu programma orqali ta’lim sifatini shaffof aniqlash imkoniyatining mavjudligini ta’kidladi.
Shuningdek, videouchrashuvda TALIS bo‘yicha mutaxassislardan biri Janob Pablo Frezer ham ishtirok etib, TALIS ning keyingi sikli 2024 yilda bo‘lib o‘tishi hamda bu jarayonlarda ham O‘zbekistoning ishtirokini ta’minlash mumkinligini aytib o‘tdi.
TALIS da qatnashish 2 ta bosqichni o‘z ichiga qamrab oladi.
Birinchi bosqich 2019 yil aprel oyining birinchi haftasida amalga oshiriladi.
Jarayon 2019 yil aprelda boshlanib, bir oy davom etadi. Holat o‘rganilib asosiy kamchiliklar bo‘yicha yechimi aniqlanib, keyingi bosqich 2020 mart oyida boshlanadi.2019 yil aprelda jarayonni boshlash uchun 2018 yil dekabrdan harakat boshlanadi.
Shundan so‘ng inspeksiya boshlig‘i U Tashkenbayev O‘zbekistonda ayni paytda ta’lim sohasida reforma ketayotgani, ta’lim sifatini aniqlash, attestatsiya va akkreditatsiya bo‘yicha ishlar olib borilayotgani, uzluksiz ta’lim tizimda yaxshi natijaga erishish uchun hukumatimiz tomonidan PISA programmasida qatnashishga topshiriq olgani haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
PISA da qatnashish uchun davlat inspeksiyasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi, qolaversa ta’lim sifatiga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar bilan birgalikda ish olib borilayotgani, Bu borada Milliy bank va UNICEF bilan hamkorlikda turli masalalarga oydinlik kiritilayotgani ta’kidlandi.
Janob Maykl Uord inspeksiya boshlig‘i U.Tashkenbayevning fikrlariga javoban, O‘zbekiston nomidan PISA da qatnashish maqsadida yuborilgan rasmiy murojaatni PISA ni boshqaruv komissiyasi tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinganini bildirdi. Janob Maykl Uord PISA haqida ma’lumot berar ekan, PISA programmasiga savollar tuzishda standartga e’tibor berilishiga qaramasdan, ba’zi hollarda savollarning murakkabligi rivojlangan davlatlarda ham yuzaga kelishi bilan bog‘liq masalalarga oydinlik kiritdi.
Rivojlanayotgan davlatlarga qog‘oz variantda shakllantirilgan testlar berilishi aytib o‘tildi. Ushbu testlar bazasi mamlakatda amal qilinadigan turli ta’lim tillarida o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, videoseminar jarayonida PISA va TALIS programmalarida O‘zbekistonning qatnashishi bilan bog‘liq moddiy holatlar xususida ham suhbatlashildi.
Kelgusida rejalashtirilgan hamkorlik aloqalarining keyingi bosqichida ikki tomonlama shartnoma imzolanishi maqsad qilindi.