O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Eng namunali iste’molchilar rag‘batlantiriladi

2018-06-19 | Jamiyat

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tashkil etilganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan byuroning Toshkent viloyati boshqarmasida tadbir o‘tkazildi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent viloyati kengashi, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlashmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda aholining to‘lov intizomini yanada yaxshilash, huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish kabi masalalar muhokama etildi.
 
Viloyat MIB tomonidan 1 yil mobaynida aholidan elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi uchun qariyb 2 trillion 200 milliard so‘mlik, jumladan, joriy yilda 920 milliard so‘mdan ortiq to‘lovlar amalga oshirilgan. Mazkur yo‘nalishda 3 ming 288 noqonuniy holat aniqlanib, 6 milliard 618 million so‘mlik zarar qoplangan. Shuningdek, 14 ming 200 dan ortiq iste’molchi to‘lovlarni o‘z vaqtidan kechiktirgani uchun tarmoqdan uzib qo‘yilgan.
 
– Aholining tabiiy resurslardan oqilona va tejamli foydalanishini ta’minlash lozim, – deydi viloyat MIB boshlig‘i o‘rinbosari J.Jumaniyozov. – Kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida undirish ham muhim. Bu bevosita aholining iste’mol va to‘lov madaniyati bilan bog‘liq. Binobarin, namunali iste’molchilarni rag‘batlantirish orqali aholining bu boradagi madaniyatini oshirish mumkin bo‘ladi. Shu maqsadda boshqarmamiz tomonidan joriy yilning iyulidan noyabr oyiga qadar “Qarzdorligi bo‘lmagan eng namunali mahalla”, “Qarzdorligi bo‘lmagan eng namunali ko‘cha” va “Kommunal to‘lovlardan qarzdor bo‘lmagan eng namunali xonadon” yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.
 
Tadbirda MIB – mahalla – iste’molchi uchligidan iborat hamkorlik mexanizmini joylarda to‘g‘ri qo‘llash yuzasidan tavsiyalar berildi.
 

Avaz Xudoyqulov, O‘zA

Поделиться