O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbekiston Respublikasi 2018 yilgi soliq-byudjet siyosatidagi o‘zgarishlar va asosiy yangiliklar” mavzusida sayyor o‘quv kurslari o‘tkazilganligi to‘g‘risida

2018-06-19 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlari uchun “O‘zbekiston Respublikasi 2018 yilgi soliq-byudjet siyosatidagi o‘zgarishlar va asosiy yangiliklar” mavzusida sayyor o‘quv kurslari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv kurslarida 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi byudjet siyosatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar, davlat byudjeti parametrlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy byudjetlar mablag‘larini boshqarishdagi mustaqilligini oshirish, davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi - ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida umumiy tushunchalar berildi.

Respublikamizda soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq yukini pasaytirish bo‘yicha 2018 yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar hamda O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi №O‘RQ 454-son Qonunining mazmun mohiyati yoritib berildi.

Shuningdek, o‘quv kurslarida davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirishda olib boriladigan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, o‘rta muddatli byudjetlashtirishning o‘ziga xos jihatlari, byudjetning ochiqligi va shaffofligi darajasini ta’minlash masalalari va bunda xalq faolligini yanada oshirish, fuqarolar uchun byudjet, uni yaratish va joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Sayyor o‘quv kurslarida ishtirok etgan byudjet tashkilotlarining jami 5500 dan ortiq moliya-hisob bo‘linmalari xodimlari byudjet jarayonini ochiqligi va shaffofligi darajasini oshirish, davlat moliyasini boshqarish sohasida soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari, soliq yukini kamaytirilishi, soliq tizimini soddalashtirish, mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini mustahkamlash hamda byudjetga tushumlarni to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan ishtirok etib, kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Поделиться