O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Top-500 forumi
2018-06-18 | Jamiyat
Joriy yilning 12 iyun kuni poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimligi va hokimiyat huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan davlat hokimiyati va xususiy sektorni o‘zaro yaqinlashtirish va ular o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan “Top-500” forumi o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. Bugun Toshkent Botanika bog‘ida o‘tkazilgan mazkur anjumanda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan elchilar, elchixonalarning savdo masalalari bo‘yicha maslahatchilari va biznes soha vakillari ishtirok etishda.
Poytaxtimizda Toshkent shahri hokimligi, investorlar va tadbirkorlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchli hamda ochiq munosabat o‘rnatilishi shahrimiz taraqqiyotni yangi bosqichga olib chiqadi. “Top-500” forumi esa bu boradagi ilk qadam qo‘yilganligining amaliy isboti sifatida tashkil etilgan. Ushbu nufuzli anjuman samarasi o‘laroq poytaxtimizda tadbirkorlarning “Top-500” hamjamiyati tashkil etiladi. Bu bilan esa yaqin kelajakda Toshkent shahri Markaziy Osiyo shaharlari orasida har tomonlama yetakchi o‘ringa chiqishi rejalashtirilgan.
Toshkent shahar xokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayev so‘zga chiqib, tadbirga yig‘ilgan tadbirkorlar diqqatiga kelgusidagi rejalarni birgalikda amalga oshirishni, ya’ni poytaxtimizdagi yirik bozorlarni shahar tashqarisida barpo etish bo‘yicha takliflar bildirdi. Jumladan:“ Avtomobil bozor”ini – Chinoz tumaniga, “O‘rikzor” va “Bekto‘pi” bozorlari, shuningdek barcha ulgurji bozorlarni shahar tashqarida zamonaviy ko‘rinishda bunyod etish bo‘yicha hamkorlik takliflarini o‘rtaga tashladi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi o‘z yo‘nalishidagi mutlaqo yangi tuzilmadir. Shu jihatdan forumda uning raisi Hikmat Abdurahmonov mazkur tuzilma faoliyati, aniqrog‘i tashkil etilishining maqsadi, tuzilishi, tarkibi haqida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.
Investorlar, yurtimiz va xorijda samarali faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning egalari, top-menejerlari, opion yetakchilari, biznes va investitsiya yo‘nalishidagi ekspertlar tadbirning asosiy ishtirokchilaridir.
Tadbirga, shuningdek, xalqaro kompaniyalar, davlat tuzilmalari, diplomatik korpus vakillari, OAV xodimlari,jurnalistlar, blogerlar ham qatnashishdi.