O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Suvoqava ta’minoti xususidagi kelishuv
2018-06-18 | Jamiyat
Joriy yilning 17 iyun kuni Jahon bankining suv masalalari bo‘yicha missiya vakillari Buxoroga tashrif buyurishdi. Delegatsiya a’zolarini Buxoro Xalqaro aeroportida viloyat hokimi o‘rinbosari N.Hamdamov hamda “Suvoqava” DUK direktori I.Xolmurodov kutib olishdi.
Viloyat hokimligi binosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda delegatsiya vakillarining shahrimizga tashrifi davomida Qorako‘l hamda Olot tumanlari suv ta’minoti va Buxoro shahrining suvoqava ta’minoti loyihalari haqidagi masalalar to‘g‘risida fikrlar almashildi.
Hamkorlik uchrashuvidan so‘ng delegatsiya a’zolari Buxoroning qadimiy maskanlari bo‘ylab sayohat qilishdi. “Ismoil Somoniy” va “Chashmayi Ayub” maqbaralari, “Ark” qo‘rg‘oni, “Poyi Kalon” majmuasi, “Miri Arab”, “Ulug‘bek”, “Abdulazizxon”, “Ko‘kaldosh”, “Nodir Devonbegi” madrasalari, “Toqi Telpakfurushon”, “Toqi Sarrofon”, “Toqi Zargaron” kabi qadimiy savdo rastalari, “Masjidi Kalon” jome masjidi, “Minorayi Kalon” minorasi, “Labi Hovuz” ansambli kabi me’moriy obidalar delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi.