O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan ishlar

2018-06-18 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod mahalla” dasturiga muvofiq joriy yilning 4 iyun kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlari agentligining rahbar va xodimlardan “Ishchi guruhi” shakllantirilib Toshkent shahar, Sergeli tumanining 39 ta mahallalarida yashovchi aholining ijtimoiy ahvoli, turmush tarzi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasida, uzoq yillar davomida nogironligi sababli nogironlik aravachasiga muhtoj 10 nafar fuqarolarga, joriy yilning 15 iyun-“Ramazon hayiti” bayrami munosabati bilan, Navoiy viloyat hokimi Q.Tursunov tomonidan taqdim etilgan 10 dona nogironlik aravachasi topshirildi.

Shuningdek, Navoiy viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tashabbusi bilan “Ittifoq” MFY 30 uy 22 xonada yashovchi II guruh nogironi L.Mametovaning xonadoni o‘z hisobidan ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 2 xonalik xonadonni ta’mirlash 12 iyunda boshlandi va 15 iyunda, “Ramazon hayiti” bayramida ta’mirdan chiqarildi.

Xonadonda ta’mirlash ishlari olib borilgan davrda uy egasi L.Mametova Toshkent Tibbiyot Akademiyasida davolanib qaytdi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan ko‘p qavatli uylar yonidagi ta’mirtalab bolalar maydonchalari va yangi quriladigan bolalar maydonchalari uchun Navoiy viloyatidan 5 ta yuk avtomashinalarida 120 tonna qizilqum olib keltirildi.

Ushbu xayrli ishlarni amalga oshirishda Navoiy viloyatidan kelgan 26 nafar FVB xodimlar kecha-kunduz mehnat qilishmoqda. Sergeli tumanida “Obod mahalla” dasturi yuzasidan o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Поделиться