O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Obod bo‘layotgan mahalla
2018-06-18 | Jamiyat
“Obod qishloq” dasturi doirasida Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi Pakana mahallasida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
Ayni kunga qadar dastur ijrosi bo‘yicha hududdagi 66 xonadon ta’mirlandi. Pakana – O‘rikzor – Qaqir yo‘nalishidagi ko‘prik qayta tiklandi, asfaltlash, yo‘l bo‘ylab tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish ishlari bajarildi. Mahallaga yangi lotok ariqlar o‘rnatildi.
Shuningdek, kutubxona, mahalla guzari, choyxona, yoshlar uchun kichik futbol stadioni, o‘yin maydonchalari qurish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etish ishlari reja asosida amalga oshirilmoqda.
Mahallada mavjud suv quvurlari eskirgani bois aholi hozirgacha toza ichimlik suvini tashib keltirgan. Ayni paytda muammoni bartaraf etish ishlariga ham kirishilib, hududdagi umumiy uzunligi 3,5 kilometr bo‘lgan ichimlik suvi tarmog‘i yangilanmoqda.
Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA