O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vazirligi Yoshlar ittifoqining Etakchilar kengashi va bir guruh faol yosh xodimlar ezgu tashabbus bilan chiqdilar

2018-06-14 | Jamiyat

Bugun yurtimizda yoshlar jamiyatning har bir sohasida faol, tashabbuskor. Chunki, mamlakatimizda yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, orzu intilishlari amalga oshishiga ko’maklashish, moddiy va ma’naviy jihatdan yordam ko’rsatish, ularni qiynayotgan muammolarni o’rganib, tahlil qilish va echimini topishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Bugun IIV Yoshlar ittifoqining Etakchilar kengashi tashabbusi bilan ezgu tadbir tashkil etildi. Aniqrog’i “14 iyun – Xalqaro donorlar kuni” munosabati bilan Vazirlik tizimidagi yosh xodimlar “Xavfsiz qon - onalar va bolalar salomatligi uchun” shiori ostida ixtiyoriy ravishda qon topshirdilar.

Ma’lumki, so’ngi yillarda qon kasalliklari, onkologik kasalliklar ko’payishi tufayli, davolash tizimida qo’llaniladigan donorlar qoniga bo’lgan talab kundan-kunga ortib bormoqda.

Shifokorlarning ta’kidlashlariga ko’ra, shunday gematologik kasalliklar – leykozlar, gemofiliya, aplastik anemiyalar va jarrohlik amaliyotlarini qon komponentlarisiz samarali davolab bo’lmaydi.

Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti huzuridagi Respublika Qon markazida 200 nafarga yaqin yosh xodimlar ishtirokida o’tkazilgan ushbu tadbir ichki ishlar organlarining tarkibiy va hududiy bo’linmalaridagi yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasini va sog’lom turmush tarziga ijobiy yondoshuvini shakllantirishi va boshqa yoshlarni ham ezgu tashabbusga chorlashi bilan ahamiyatlidir.

– Ushbu tadbir Ichki ishlar vazirligi tizimidagi yosh xodimlarning tashabbusi asosida tashkil etilib, 30 iyun – mamlakatimizda “Yoshlar kuni” bayrami arafasida bu kabi xayrli tadbirlarni ichki ishlar organlari saflaridagi yosh xodimlar tomonidan barcha hududlarda o’tkazilishi rejalashtirilgan, - deydi IIV Yoshlar ittifoqining Etakchilar kengashi raisi, mayor Xurshid Ro’ziev. – Bir so’z bilan aytganda, tinchlik yo’lida jon berishga ont ichgan yurt posbonlarining onalar va bolalar salomatligi yo’lida qon topshirishlarini ezgu tashabbus sifatida baholab, ushbu xayrli tadbirning keng quloch yoyishini va bemorlar salomatligini tiklash yo’lida samara berishini istaymiz.

Поделиться