O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sug‘diyonaning qiyofasi o‘zgaradi, ko‘p qavatli uylar kapital ta’mirlanadi

2018-06-13 | Jamiyat

Viloyat hokimi T.Jo‘rayevning aholi bilan navbatdagi uchrashuvi Sug‘diyona maskanida bo‘ldi.

Uchrashuvda hudud ijtimoiy-muhandislik, yo‘l infratuzilmasi, ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash bo‘yicha aholiga ma’lumot berildi. Respublika Prezidentining joriy yil 16 martdagi qarori bilan “Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi”ga 50 million dollar miqdorida mablag‘ ajratilgan. Ushbu jamg‘arma hisobidan shu yilning o‘zida Samarqand shahridagi to‘rtta hududda ulkan obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Xususan, Sug‘diyona maskanida mavjud 68 ta ko‘p qavatli uyning tom, yerto‘la, ichki muhandislik tarmoqlari mukammal ta’mirlanadi.

Ko‘p qavatli uylarga tutash hududlar obodonlashtirilib, 11 ta bolalar maydonchasi, 15 ta kattalar sport maydonchasi, 17 ta aholi yig‘inlari uchun ayvon, 3 ta o‘yin maydonchasi va bitta avtomobillar uchun turargoh quriladi.

Maskan hududidagi ichimlik suv tarmoqlarini to‘liq yangilash, hududni o‘rab turgan Ali Qushchi, Tong, Narpay ko‘chalarini hamda ichki 5,1 kilometr yo‘llarni, tungi yoritish va irrigatsiya tarmoqlarini mukammal ta’mirlash ham ushbu rejaga kiritilgan. Bu ishlar uchun 15,1 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi.

Tadbir ishtirokchilari turli masalalarda viloyat hokimiga murojaat qilishdi. Jumladan, ko‘p qavatli uylardagi qo‘shimcha inshootlar boshqalarga xalal berayotgani bir necha bor tilga olindi.

Viloyat hokimi bunday holatlarning oldini olish va bartaraf etishda aholining faol bo‘lishi, jamoatchilik nazorati ham juda muhim ekaniga e’tibor qaratdi.

 

Anvar Mustafoqulov.

Поделиться