O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili bilan uchrashuv

2018-06-12 | Siyosat

2018-yilning 12-iyun kuni TIVda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Roland Kobia bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘oniston va unga chegaradosh mintaqada shakllanayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Afg‘oniston markaziy hukumati va “Tolibon” harakati 2001-yildan buyon ilk bora Ramazon hayiti davrida uch kunlik o‘t ochishni to‘xtatish va sulh tartibini kiritishga rozi bo‘lishlari mintaqada umid bilan kutib olindi va bu mamlakatda tinchlik jarayonida ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligi qayd etildi.

Uchrashuvda 2018-yil 27-mart kuni Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlik masalalari batafsil muhokama qilindi.

Поделиться