O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida kitob yarmarkasi tashkil etildi
2018-06-12 | Jamiyat
Unda ijtimoiy-siyosiy, badiiy asarlar, jahon adabiyoti hamda qonunchilikka oid kitoblar akademiya tinglovchilari e’tiboriga havola etildi.
– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir qarori mutolaaga bo‘lgan mehrimizni yanada oshirib, o‘qishli kitoblarning nashr etilishiga sabab bo‘lmoqda, – deydi akademiya tinglovchisi Nodirbek Sayfiddinov. – Akademiyada kitobxonlik madaniyatini oshirish, mafkuraviy tahdidlar va yot g‘oyalarga qarshi kurashish maqsadida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinadi. “Eng ilg‘or kitobxon xodim”, “Eng ilg‘or kitobxon kursant” ko‘rik-tanlovlari, mualliflar bilan uchrashuvlarning muntazam o‘tkazilishi bizni ezgu maqsadlar sari chorlaydi, albatta.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA