O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi delegatsiyasi Qozog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi

2018-06-12 | Ta’lim

Yevropa Ittifoqining “Markaziy Osiyo ta’lim platformasi” (Central Asia education platform) loyihasi doirasida Qozog‘iston Respublikasining Almata shahrida joriy yil 30 may – 1 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan “Ta’lim sohasida ma’lumotlar to‘plash va aniq ma’lumotlar asosida istiqbolli chora-tadbirlar belgilash” mavzusidagi xalqaro mintaqaviy anjumanda vazirlik delegatsiyasi ishtirok etdi.

Anjuman Yevropa Ittifoqining “Markaziy Osiyo ta’lim platformasi” loyihasi doirasida 2017 yil 23 iyun kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi ta’lim vazirlari tomonidan qabul qilingan Qo‘shma bayonotga muvofiq tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi delegatsiyasi tarkibida vazirlikning Nazorat va monitoring boshqarmasi boshlig‘i (R.Allaberganov), Samarqand davlat universitetining “Iqtisodiy nazariya” kafedrasi mudiri (D.Nasimov), O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlik dasturlarini shakllantirish va uni monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari (T.Kushimbetov) anjumanda faol qatnashdi.

Anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari hamda Yevropa mamlakatlari delegatsiyalari ishtirok etdi. Anjuman sessiyalarida oliy ta’lim tizimi rahbar xodimlari, korxonalar, biznes-assotsiatsiyalar hamda ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik, ya’ni ta’lim tizimida ishonchli ma’lumotlarni to‘plash, ularni tahlil qilish va tizimlashtirish,bitiruvchilarni ishga joylashtirish, ta’lim jarayonida ish beruvchilarning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or tajribalar va amaliyotga bag‘ishlangan ma’ruzalar hamda davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbatlari davomida mavzuga oid muammolar, ta’lim sohasini yanada rivojlantirishning muhim omillari yuzasidan fikr almashildi.

Muayyan sohada Germaniya, Polsha, Latviya, Litva, Kozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining tajribalari bilan yaqindan tanishildi. Bunda universitetlar tajribali, professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqarish va biznes muassasalari bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari, korxonalarning o‘quv jarayonini tashkil etishdagi ishtiroki hamda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash strategiyalari haqida ma’lumotlar olindi.

Anjuman va uning doirasidagi davra suhbatlari ko‘tarinki ruhda, savol-javoblar va qizg‘in munozaralarga boy bo‘ldi. Qozog‘iston Respublikasiga amalga oshirilgan safar sermazmun bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish, tizimni rivojlantirish hamda xalqaro aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Поделиться