O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga jo‘nab ketdi

2018-06-12 | Siyosat

Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 12-iyun kuni Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentimiz 2017-yil 22-23-iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida qurilish-bunyodkorlik ishlarini keng ko‘lamda davom ettirish, turizm, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida viloyatda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. Mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi oshdi. Zamonaviy uy-joylar, infratuzilma obyektlari bunyod etildi.
 
Prezidentimiz navbatdagi tashrifi davomida yangi loyihalar bilan tanishishi, tadbirkor va investorlar hamda aholi vakillari bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar belgilab olinadi.
 

Alovaddin G‘afforov, O‘zA

Поделиться