O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
YXHT Bosh kotibi bilan uchrashuv
2018-06-11 | Siyosat
2018-yilning 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
T.Greminger va delegatsiyasi a’zolari YXHT bilan o‘tkaziladigan “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan.
TIVdagi suhbat davomida YXHTning barcha uch o‘lchamlarida hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
Qayd etilganidek, amalga oshirilayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimi islohoti, shuningdek, ularning fuqarolar bilan muloqotga ochiqligi O‘zbekistonni siyosiy rivojlanishning mutlaqo yangi darajaga olib chiqdi va YXHT bilan hamkorlikni kengaytirish uchun aniq imkoniyatlar yaratdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi minbarida bildirgan tashabbuslarini tadbiq etish doirasida bugun Toshkent shahrida o‘z ishini boshlayotgan xalqaro konferensiyaning mavzusi dolzarbligi ta’kidlandi. Bugungi kunda yoshlar insoniyatning ikki miliardli avlodi bo‘lib, ertangi kunimiz, qolaversa sayyoramizning farovonligi ham ularga bog‘liq.
Uchrashuvda 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlari nuqtayi-nazaridan mintaqaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
Muzokaralarda YXHT loyihalarining O‘zbekistondagi koordinatori Jon MakGregor ishtirok edi.