O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
SHHTga a’zo davlatlar MKKning Pekin shahridagi majlisi to‘g‘risida
2018-06-08 | ShHT
2018-yilning 4-8-iyun kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi (MKK) majlisi bo‘lib o‘tdi.
Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Xitoy va O‘zbekistonning vakolatli vakillari tomonidan SHHT Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan 18-majlisi kun tartibiga kiritiladigan masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yakuniy hujjatlar matnlari loyihalari ko‘rib chiqildi va kelishildi. SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Sindao deklaratsiyasi ushbu hujjatlarning markaziysi hisoblanadi.