O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi

2018-06-08 | Jamiyat

Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Davlat xizmatlari markazlarida joriy yil 1 iyun holatiga ko‘ra 65 xizmat turi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 84 ming 814 murojaat kelib tushgan.

Bu haqda viloyatda tashkil etilgan media-turda ma’lumot berildi. Tadbir ishtirokchilari Namangan shahridagi Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu yerda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va shaffofligi, yaratilgan sharoitlar, jumladan, markazda bolalar maydonchasining tashkil etilgani ish unumdorligining yanada oshishiga xizmat qilmoqda.
 
Ishtirokchilar kunning ikkinchi yarmida Uchqo‘rg‘on tumanining chekka qishloqlaridan birida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va sektor rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan sayyor qabulda ham qatnashdi.
 
Media-tur yakunida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.
 

Mohigul Qosimova, O‘zA

Поделиться