O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Urganch shahrida “O‘quv asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi to‘g‘risida”ga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

2018-06-08 | Jamiyat

Joriy yilning 07 iyun kuni Xorazm standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi xamda Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi tashabbusi bilan viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi, viloyat o‘rta maxsus ta’limi hududiy boshqarmasi, Urganch davlat universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali va “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat unitar korxonasi Xorazm filiali bilan hamkorlikda Urganch shahar 1-son musiqa va san’at maktabida o‘tkaziladigan “O‘quv asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablari mavzusi”da seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan seminarda Xorazm standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi xamda Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 02 iyundagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘quv asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentining mazmun mohiyati va talablarini tushuntirib o‘tildi.

Yig‘ilishi yakunida mavzuga oid savol va takliflar eshitilib, mutaxassislar tomonidan atroflicha javob va tavsiyalar berildi. Seminar bahs va munozaralar asosida qiziqarli tarzda yakunlandi.

Поделиться