O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hamkorlik yangi bosqichda davom etadi

2018-06-08 | Jamiyat

Samarqand viloyati hokimligida Fransiya taraqqiyot agentligining loyiha rahbari Aleksandr Monteyro boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Samarqand viloyati hokimi T.Jo‘rayev mehmonlarga viloyatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida hududlarni obod etish, chiqindilarni qayta ishlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi. Ushbu yo‘nalishda fransiyalik hamkorlar bilan birga Samarqand shahrida xonadonlardan chiqadigan maishiy chiqindilarni shahardan tashqariga olib chiqish, saralash va qayta ishlash loyihasi amalga oshirilishi kelgusida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga zamin yaratishini qayd etdi. 

Aleksandr Monteyro hamkorlikdagi loyihadan Fransiya tomoni manfaatdor ekanini ta’kidlab, kelgusida nafaqat maishiy chiqindilarni qayta ishlash, balki boshqa sohalarda ham istiqbolli aloqalarni davom ettirish mumkinligini ta’kidladi. 

– Samarqand shahrida faoliyatimizni yo‘lga qo‘yishga sharoit yaratib berilgani uchun behad minnatdormiz, – dedi u. – Umumiy qiymati 37 million yevro bo‘lgan loyihamiz uch yil ichida amalga oshiriladi. Shundan 23 million yevro Fransiya taraqqiyot agentligi mablag‘i, 8 million yevro Yevropa Ittifoqi tomonidan grant tarzida ajratiladi. Bizning bugungi kundagi vazifamiz loyihani amaliyotga joriy etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni boshlashdan iborat. 

Fransiya taraqqiyot agentligi loyihani to‘liq amalga oshirgach, ish jarayonini “Maroqand obod” davlat unitar korxonasi tashkil etadi. 

– Tashkil qilinayotgan chiqindini qayta ishlash korxonasining yillik quvvati 400 ming tonna chiqindini qayta ishlashga mo‘ljallangan, – deydi “Maroqand obod” DUK rahbari Shuhrat Mamatov. – Ayni paytda shaharda maishiy chiqindilarni chiqarish bilan bir nechta korxona shug‘ullanmoqda. Yangi loyiha amaliyotga tatbiq etilgach, shaharda chiqindilarni yig‘ish va chiqarish bizning korxonamiz zimmasida bo‘ladi. Chiqindilarni yig‘ish, saralash, olib chiqish va qayta ishlash jarayonlari uchun maxsus zamonaviy texnikalar joriy qilinadi. Bu shahrimizda chiqindi muammosiga barham beradi. 

Uchrashuv yakunida Samarqand viloyat hokimligi va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolandi. 
 

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA

Поделиться