O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining AT-bo‘limlari mutaxassislari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha ishlar boshlandi
2018-06-07 | Iqtisodiyot
Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining AT-bo‘limlari mutaxassislari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha ishlar boshlandi.
Yig‘ilishning birinchi kunida Moliya vazirligi mutaxassislari bilan byudjet daromadlari va xarajatlarini elektron tarzda rejalashtirish masalalari muhokama qilindi.RF G‘aznachiligi xodimlari bilan birgalikda byudjet ijrosi bo‘yicha ochiqlik, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet jarayonida ishtirok etish uchun qulaylik yaratish masalalari muhokama qilindi.