Bugun 6 iyun kuni Xitoyning Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Ishbilarmonlar kengashining biznes-forumi boshlandi.
Forumda Shanxay hamkorlik tashkiloti tarkibiga kiruvchi 8mamlakat – Xitoy, Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston,Qirg‘iziston, Pokiston va Tojikiston qatorida O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi vakillari ham ishtirok etmoqda. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar bermoqda.
Xalqaro anjuman Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbir strategik aloqalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga bag‘ishlangan ikkita plenar sessiya shaklida bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov so‘zga chiqdi.
Bugungi kunda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning tadbirkorlik subyektlari O‘zbekistonning ko‘pgina yangi sanoat korxonalarida, neft va gaz, telekommunikatsiya, transport, to‘qimachilik, turizm, qurilish, kimyo va boshqa sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. Biz SHHTga a’zo davlatlar bilan ko‘p qirrali savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga ustuvor vazifa sifatida qaraymiz, dedi A.Ikromov.
Eslatib o‘tamiz, Forum 9-10 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi cammiti doirasida o‘tkazilmoqda.
Ulug‘bek Shonazarov tayyorladi, O‘zA