O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi
2018-06-06 | Jamiyat
Joriy yilning 5 iyun kuni Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda 2019-2023 yillarga mo'ljallangan mamlakat bo'yicha hamkorlik strategiyasini tayyorlash bilan bog'liq masalalar muhokama etildi va shuningdek, mamlakat bo'yicha hamkorlik strategiyasini tayyorlash jarayoni va bosqichlari haqida so`z yuritildi.
Uchrashuv yakunida OTB vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorchilik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirdilar.
Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.