O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mahalliy byudjetlarga tushumlarni ko‘paytirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

2018-06-06 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 iyun kuni hududlarda byudjetga qo‘shimcha tushumlar va mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish orqali narxlar barqarorligini ta’minlash, inflyatsiyaning oldini olishda mahalliy ijro hokimiyati organlari, soliq va moliya idoralari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar, kompaniyalar, xo‘jalik birlashmalari, banklar rahbarlari, videokonferensiya orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyunda qabul qilingan “Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish imkonini bermoqda.

Joriy yilning o‘tgan 5 oyida byudjetga prognozga nisbatan 2,7 trillion so‘m yoki 16 foiz ko‘p tushum tushirilgani shu boradagi ishlar natijasidir.

Yig‘ilishda byudjetga qo‘shimcha tushumlarni ko‘paytirish va inflyatsiya darajasi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlarning mavjud holati tanqidiy tahlil qilinib, bu boradagi eng muhim vazifalar belgilab olindi.

Tahlillarga ko‘ra, mahalliy hokimliklar, moliya-soliq organlari tomonidan byudjetga qo‘shimcha soliq tushirish borasidagi rezervlar hali ham to‘liq ishga solinmayapti.

Joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida soliqlarning 60 foizini ilgarigidek 171 ta yirik korxona ta’minlab bergani buni yaqqol tasdiqlab turibdi. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami soliq tushumining 50 foizi “O‘zKorgaz” va “Ustyurtgaz” korxonalari, Navoiy viloyatida esa 75 foizi Navoiy kon-metallurgiya kombinati hisobidan qoplangan.

Yig‘ilishda Toshkent shahri va Namangan viloyatida bu boradagi ishlar mutlaqo talabga javob bermasligi qattiq tanqid qilindi. Misol uchun, bozordagi savdo-sotiqlar orqali tushadigan mablag‘lar ko‘rsatkichi Toshkent shahrining Olmazor tumanida 30 foizga, Sergelida 7 foizga, Yakkasaroyda 4 foizga, Yunusobodda 3 foizga kamayib ketgan.

Avtomobillarni saqlash joylarida tushum bo‘yicha yetarli nazoratning yo‘qligi kuzatilmoqda. Buning oqibatida mahalliy byudjetlarga 18 milliard so‘m tushmasdan qolgan. Namangan viloyatining Norin va Namangan tumanlarida o‘tgan 5 oy mobaynida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdori kamayib ketgan. Viloyatda soliq hisobotlari to‘liq tahlil qilinmagani va shu asosda tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmagani tufayli qariyb 20 milliard so‘m soliq undirilmagan. “O‘rganish va hisob-kitoblar barcha hududlarda ishga solinmayotgan bunday rezervlar ko‘pligini ko‘rsatmoqda. Agar adolatni joyiga qo‘ysak, mahalliy byudjetlarga tushum ko‘p tushadi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Поделиться