O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Suv tejamkorligi – mo‘l hosil kafolati

2018-06-05 | Jamiyat

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida suvdan oqilona foydalanish, suv tanqisligining oqibatlari, g‘o‘zadan kafolatli hosil yaratishning qo‘shimcha choralari masalalariga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolari, vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishida suv bilan bog‘liq vaziyat va uni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglandi. Hududda joylashgan suv omborlaridagi suv zaxirasi 2017-yilga nisbatan 7 foizga kamaygan. Bu esa, o‘z navbatida, viloyatda sug‘oriladigan yerlarga talab etiladigan suv miqdoridan 308 million kub suv tanqisligini vujudga keltirmoqda. 

Ushbu holat viloyatdagi mavjud qariyb 400 ming gektar sug‘oriladigan yerlarda suvdan oqilona foydalanish, suvning har tomchisini maqsadli sarflashni talab etadi. Joriy yilda hududda suvni tejash maqsadida 800 gektar yer maydonida egatga plyonka to‘shab, 2 ming 120 gektar yerda esa o‘q ariqlar o‘rniga egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish usullari joriy etiladi. Yana 53 dona ko‘chma dizel nasos agregatlari olinadi. 

Sohaga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish suv isrofining oldini olishga xizmat qiladi. Ammo, viloyatda ayrim suv agregatlarining nosoz holatda ekani, ariqlarning yetarli darajada toza emasligi, tungi sug‘orish usuliga amal qilmaslik, sug‘orish ishlariga suvchilarning yetarlicha jalb etilmasligi kabi holatlar ham mavjudki, bu holat suvning ortiqcha isrof bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Birgina sug‘orishda navbatni tashkil etish kanallardagi suv isrofini 10-20 foiz, o‘q ariqlardagi suv isrofini 30-35 foizgacha kamaytirishi mumkin. 

Yig‘ilishda suv ko‘p talab etiladigan takroriy ekinlar maydonini qisqartirish, tizimga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etishni yanada oshirish masalalari muhokama etildi. 

Sessiyada mavjud muammolar atroflicha tahlil etilib, ularni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etish, belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashda deputatlar nazoratini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

 

A.Xudoyqulov, O‘zA

Поделиться