O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ishtvan Tarlosh: Vengriya xalqi Samarqandni yaxshi biladi

2018-05-07 | Jamiyat

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Vengriya poytaxti Budapesht shahri meri Ishtvan Tarlosh boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga tashrif buyurdi. 

Samarqand viloyati hokimi T.Jo‘rayev Vengriya delegatsiyasini ushbu tashrif bilan qutlab, viloyatning iqtisodiy salohiyati, turizm imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Samarqand va Budepesht shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, sayyohlik va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama etildi. 

–Vengriya xalqi O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, xususan, Samarqandni yaxshi biladi, – dedi I.Tarlosh. – Samarqand tarixiy yodgorliklarga boy, chiroyli, bir so‘z bilan aytganda, turizmni yanada rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlarga ega shahar ekan. Kelajakda bu qadimiy shahar bilan yaqin aloqalar o‘rnatish niyatidamiz. 

Vengriyalik mehmonlar Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylarni tomosha qildi. 

 

G‘olib Hasanov, O‘zA

Поделиться