O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Budapesht shahri meri Buxoroda
2018-05-07 | Jamiyat
Budapesht shahri meri Ishtvan Tarlosh boshchiligidagi delegatsiya Buxoroga tashrif buyurdi.
2018 yil 6 may sanasida delegatsiya rasmiy a’zolari Buxoro shahri hokimi K.Kamolov tomonidan Buxoro temir yo‘l vokzalida kutib olindi.
Shundan so‘ng viloyat hokimligida Mehmonlar hamda viloyat hokimi O‘.Barnoyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda madaniy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, turizm va sport yo‘nalishlarini birgalikda rivojlantirish, ikki davlat yoshlari o‘rtasida festivallar va konferensiyalar tashkil etish hamda Buxoro-Vengriya o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish kabi qator masala va takliflar ko‘rib chiqildi.
Delegatsiyaning Buxoroga rasmiy tashrifi davom etmoqda.