O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniya tajribasi keng o‘rganilmoqda

2018-05-07 | Jamiyat

Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati (GIZ) va Germaniya Xalqaro huquqiy hamkorlik fondi (IRZ) bilan birgalikda “Qonun loyixalarini tayyorlashning zamonaviy uslubiyoti” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazdi. 

Seminarda Oliy Majlis palatalari deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari, Germaniyaning soha bo‘yicha yetakchi ekspertlari hamda mutaxassislari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad – qonun ijodkorligi jarayoniga zamonaviy uslublarni va mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha Germaniya tajribasini chuqur o‘rganish va uning ijobiy jihatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonun ijodkorligi jarayonida qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. 

Qonunchilik muammolari instituti direktori R.Xakimov va boshqalar qonun ijodkorligining zamonaviy uslublarini chuqur o‘rganish, bu jarayonda jamoatchilikning keng ishtirokini ta’minlash qonunlarning sifatli bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. 

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati (GIZ)ning “Markaziy Osiyo davlatlariga huquqiy jihatdan ko‘maklashish” mintaqaviy dasturi direktori Yorg Pudelka to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish, idoraviy hujjatlar qabul qilish amaliyotini bosqichma-bosqich qisqartirish borasida nemis tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, germaniyalik ekspert Fransiska Brandt ham O‘zbekistonda qonun ijodkorligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baxolab, bu borada Germaniya tajribasining ijobiy jihatlarini O‘zbekiston qonunchilik amaliyotiga joriy etishning istiqbollari haqida fikr bildirdi. 

Seminar yakunida bildirilgan fikr va mulohazalar asosida milliy qonun ijodkorligi jarayonini yanada takomillashtirish, bu borada Germaniyaning ilg‘or tajribasidan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 

 

Inobat Ahatova, O‘zA

Поделиться