O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yosh atletlarimiz Buxoroda saralandi
2018-05-07 | Sport
Buxoro shahrida yengil atletika bo‘yicha 2001-2002 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida mamlakat birinchiligi o‘tkazildi.
O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan yengil atletika sport turini yanada ommalashtirish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab, terma jamoa safiga qo‘shish maqsadida o‘tkazilgan chempionatda 350 nafarga yaqin atlet g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Chempionatda turli masofaga yugurish bahslarida Azamat Taurov, Shuhrat Azimov, Alisher Ahmatullayev, Umid O‘ktamov, Dilshod Boboqulov, Aziz Rustambekov, Farida Soliyeva, Komila Mirsoliyeva, Sabohat Saimjonova, Madina Husanova, Husnida Ahmadova, Diana Yafasova marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.
110va 400 metr masofaga to‘siqlar osha yugurishda Javohir Zokirxo‘jayev va Hayot Hakimov o‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘olib, deb topilgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Xurshidabonu Xolliyeva hamda Komila Mirsoliyeva oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi sakkizkurash bahslarida Husniddin Yusufjonov 4390 ball bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Qizlar o‘rtasidagi yettikurashda 3635 ball bilan Shahribonu G‘afurjonova barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
Bosqon, yadro, nayza va disk uloqtirish bellashuvlarida Umid Hasanov,Rashid Sodiqov, Islom Sobirjonov, Regina Adashboyeva, Veronika Shetinina, Umida Mamajonova mamlakat chempioniga aylandi.
Uzunlikka, uch hatlab va balandlikka sakrashda Javohir Noriyev,Islom Sibagatullin, Saidali Saidnabiyev, Roksana Xudoyorova, Albina Razzoqova,Olga Shlentova birinchi o‘rinni egalladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA