O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ish haqi to'lovlarining to'lanish ahvoli bo'yicha axborot beradi
2018-05-07 | Iqtisodiyot
Moliya vazirligi tomonidan 2018 yil aprel oyining ikkinchi yarmi (oyning dastlabki birinchi 5 ish kuni) uchun ish haqlari toʻlanishi yuzasidan tizimli monitoring natijalari yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, joriy yilning 1 may kuni Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga byudjet tashkilotlari ishchilarining ish haqi toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash maqsadida 573,4 mlrd. soʻm miqdorida maqsadli mablagʻlar ajratildi.
Natijada hududiy g‘azna hisob raqamlarida ish haqi to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun yetarli miqdorda mablag‘lar shakllantirildi. Shu bilan birga byudjet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan g‘aznachilik organlariga taqdim etilgan to‘lov hujjatlari asosida joriy yilning 5 may sanasiga aprel oyining 2 yarmi uchun ish haqi pullarini to‘lanishi respublika bo‘yicha 96,1 foizni tashkil etdi. Jumladan hududlar kesimida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti - 100,0%
Andijon viloyati byudjeti - 100,0%
Buxoro viloyati byudjeti - 93,2%
Jizzax viloyati byudjeti - 90,4%
Kashqadaryo viloyati byudjeti - 98,2%
Navoiy viloyati byudjeti - 93,8%
Namangan viloyati byudjeti - 97,5%
Samarqand viloyati byudjeti - 92,5%
Surxondaryo viloyati byudjeti - 100,0%
Sirdaryo viloyati byudjeti - 97,9%
Toshkent viloyati byudjeti - 98,0%
Farg‘ona viloyati byudjeti - 91,9%
Xorazm viloyati byudjeti - 99,3%
Toshkent shahri byudjeti - 96,5%
JAMI - 96,1%
Bunda, Moliya vazirligi tomonidan Respublika byudjeti byudjet tashkilotlarida ish haqi to‘lanishi 86,6% tashkil etmoqda.
Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan byudjet tashkilotlarining ish haqi to‘lovlari 5 ish kunidan kechiktirmay to‘lanishi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va tegishli to‘lov hujjatlarini g‘aznachilik organlariga o‘z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan tegishli tarmoq vazirliklar hamda byudjet tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.