O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ko‘kda– “Tinchlik sharlari”
2018-05-04 | Jamiyat
Joylarda “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas”, “Mardlik, burch va sadoqat” shiorlari ostidayoshlarning Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olish tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Adliya vazirligining matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Toshkent shahar adliya boshqarmasi vakillari poytaxtimizdagi bir nechta xonadonlarda bo‘lib faxriylar holidan xabar olishdi.
Yunusobod tumanidagi Nurmuhammad Tursunov, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Pechenkin Nikolay, Yashnobod tumanidagi Inoyat Sodiqov xonadoni shular sirasidandir.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga alohida e’tibor ko‘rsatilib, ularga Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Yoshlar ham otaxonlarga ko‘rsatgan jasoratlari uchun o‘zlarining minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Sir emas, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining sa’y-harakatlari tufayli yurtimizda osoyishtalik, tinchlik hukm surmoqda.
Shuningdek, Toshkent shahar adliya boshqarmasi yoshlari poytaxtimizdagi G‘afur G‘ulom istirohat bog‘ida bayram tadbirlarini davom ettirishdi. “Tinchlik sharlari!” uchirildi.