Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qilish bo‘yicha davlat tashkilotlari ro‘yxati yana bittaga ko‘paydi.
Hukumatning 2018-yil 3-maydagi qarori bilan rahbarlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xodimlarni doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.
Endilikda ro‘yxatga “O‘zagrosanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati ham qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur ro‘yxat Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib hozirgi kunda unga jami 63 ta davlat organlari va tashkilotlari kiritilgan.