Ilgari yirik va mayda shoxli mollar, teri, mo‘yna, qorako‘l xom ashyosi va junni yuridik shaxslarga sotishda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash uchun o‘zi ishlab chiqargan mahsulotning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish talab qilinar edi.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi tarkibiga kiritildi.
Shuningdek, Prezidentning 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan “O‘zcharmsanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi hamda uning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 54 birlikdan iborat ijro etuvchi apparati tuzilmasi, boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 4 birlikdan iborat “O‘zcharmsanoat” uyushmasi hududiy bo‘limining namunaviy tuzilmasi ma’qullandi.
Ushbu hujjat bilan Uyushma raisi zarurat bo‘lganda Uyushma a’zolari umumiy yig‘ilishi bilan kelishilgan holda ijro etuvchi apparat va hududiy bo‘limlar tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish huquqiga egaligi belgilandi.
Qarorga muvofiq, Uyushmani saqlash va faoliyatini moliyalashtirish uning tarkibiga kiradigan tashkilotlarning ixtiyoriy ajratmalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, 2018-yil 1-iyundan yirik va mayda shoxli mollar, teri, mo‘yna, qorako‘l xom ashyosi va junni yuridik shaxslarga sotishda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash uchun o‘zi ishlab chiqargan mahsulotning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish bo‘yicha talab bekor qilindi.