O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatini boshlagandan buyon jami 79 ta maktabgacha va 902 ta umumiy o‘rta ta’lim ta’lim muassasalari davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazildi
2018-05-04 | Ta’lim
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 21-sonli qarori hamda 2015 yil 27 martdagi “Xalq ta’limi vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi hamda nodavlat maktabgacha hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini 2015-2020 yillarda attestatsiyadan o‘tkazish rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Akkreditatsiya komissiyasining 2018 yil 9 martdagi 2-sonli va 2018 yil 12 martdagi 3-sonli qarorlari bilan davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazilgan 40 ta maktabgacha va 592 ta umumiy o‘rta ta’lim ta’lim muassasalariga o‘rnatilgan tartibda sertifikatlar rasmiylashtirildi. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatini boshlagandan buyon jami 79 ta maktabgacha va 902 ta umumiy o‘rta ta’lim ta’lim muassasalari davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazildi.
Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim muassasalar ro‘yxatini havoladan ko‘rishingiz mumkin.