O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
FVV qutqaruvchilari halqaro chempionatda muvofaqiyatli qatnashdilar
2018-05-04 | Jamiyat
Rossiya federatsiyasining Irkutsk oblastida o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchilarning birinchi xalqaro ko‘pkurash chempionati o‘tkazildi. Unda 39 ta jamoa o‘zaro bellashdi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Rossiya Federatsiyasining Favqulodda vaziyatlar vaziri Vladimr Puchkov va Irkutsk oblasti gubernatori Sergey Levchinko qatnashdi.
Xalqaro musobaqa rejasiga muvofiq Rossiyaning turli hududlaridan, shuningdek, O‘zbekistondan tayyorgarlikdan o‘tgan guruhlar yetib kelishdi. Ishtirokchi jamoalar musobaqaning turli yo‘nalishlarida bellashdilar.
Qur’a tashlash natijasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi jamoasi oltinchi bosqichda Xabarovsk o‘lkasi FVV bosh boshqarmasi, Rossiya FVV Tuva Respublikasi bosh boshqarmasi hamda “Baykal qidiruv-qutqaruv otryadi” komandalari bilan bellashdi, ushbu bosqichda O‘zbekiston Respublikasi komandasi finishga birinchi bo‘lib yetib keldi.
Musobaqa natijasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi jamoasi Xalqaro maydonda chempionlikni qo‘lga kiritgan Irkutsk viloyati FVV Bosh boshqarmasidan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.