O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vengriyaning Budapesht shahri meri poytaxtimizda
2018-05-03 | Jamiyat
Vengriya davlatining Budapesht shahri meri va bir guruh delegatsiya azolari poytaxtimizga tashrif buyurishdi. Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida 18 kishidan iborat bo'lgan delegatsiya a'zolarini Toshkent shahar hokimi hamda hokimlikning mutasaddi rahbarlari kutib oldilar.
Bugun Toshkentdagi “Ma'rifat va Madaniyat” saroyida bo'lib o'tgan uchrashuvda Budapesht shahri meri hamda Toshkent shahar hokimi ishtirokida ikki tomonlama memorandum imzolandi.
Ushbu memorandumga ko'ra Budapesht shahri va Toshkent shahrining hamkorlik masalalari va shaharlarning infratuzilmasi, ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga doir bir qator masalalari e'tiborga olingan.