O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zstandart” agentligi tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik yaratildi
2018-05-03 | Jamiyat
“O‘zstandart” agentligi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi, uning xududiy markazlari hamda “O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti” davlat korxonasi tomonidan, olis xududlarda joylashgan aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida 40 ta metrologik xizmat ko‘rsatish shaxobchalari ish olib bormoqda.
Ishga tushirilgan shaxobchalarning ish samaradorligini hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va tezkorligini yanada oshirish maqsadida 21 ta “Damas” avtomobili harid qilindi.
Ushbu harid qilingan avtomobillarda mobil laboratoriyalar tashkil qilish orqali olis xududlarda joylashgan aholi va tadbirkorlarga xududning o‘zida sifatli metrologik xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.