O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Soliq ma’murchiligini takomillashtirishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

2018-05-03 | Jamiyat

Soliq akademiyasida «Soliq ma’murchiligini takomillashtirish orqali soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Unda Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Soliq akademiyasi professor o‘qituvchilari hamda ilmiy izlanuvchilar va magistrantlar ishtirok etdi.

Ilmiy anjumanning asosiy maqsadi mamlakatimizdagi iqtisodiyot yo‘nalishida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlar va mustaqil izlanuvchilarning mamlakatimizda ro‘y berayotgan iqtisodiy jarayonlarda ishtirokini yanada faollashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish hamda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishda soliq siyosati takomillashtirish xususidagi yondashuvlarini va nuqtai-nazarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Anjumanda soliq ma’murchiligini takomillashtirish, elektron tijorat, elektron shaklda hisobot taqdim etishda buxgalteriya hisobi, audit va iqtisodiy tahlilning muammolari, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashda investitsion faoliyatning ahamiyati, investitsion iqlim va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashda moliya-bank tizimining o‘rni, tadbirkorlikni rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan jami – 105 ta ilmiy ma’ruza o‘rganildi va muhokama qilindi.

Ushbu ilmiy-amaliy anjuman ishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, TDIU, TMI, Oliy harbiy bojxona instituti va boshqa oliy ta’lim muassasalaridan ilmiy tezislar kelib tushdi.

Konferensiyada olimlar va tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar amaliyotga joriy etish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etildi.

Поделиться