O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonlik avtomobilsozlar Rossiyaning eng yirik avtomobil kompaniyasiga ehtiyot qismlar yetkazib beradi

2018-05-03 | Iqtisodiyot

Rossiya va Sharqiy Yevropadagi eng yirik yengil avtomobil ishlab chiqaruvchisi hisoblangan “AvtoVAZ” kompaniyasining eng ommabop avtomobillari yoritish tizimlari endilikda O‘zbekistonda ishlab chiqariladi.


Joriy yilning iyul oyidan boshlab Namangan shahridagi “UZCHASYS” qo‘shma korxonasida Rossiyaning “AvtoVAZ” avtomobil kompaniyasi avtomobillari uchun yoritish tizimlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Jumladan, “Lada Granta FL” avtomobilining old yoritish chirog‘i, “Lada Vesta SW/SW Cross”ning nomer yoritish chirog‘i, shuningdek, “Lada 2190”, “Lada 2191”, “Lada 8450”, “Lada 1117” va “Lada 1119” avtomobillarining qariyb o‘n xildagi yoritish chiroqlari ishlab chiqarilib, “AvtoVAZ” korxonalariga yetkazib beriladi.
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda “O‘zsanoatqurilishbank”ning xorijiy hamkor banklari mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan mazkur loyiha doirasida

“UZCHASYS” qo‘shma korxonasiga “NEOLITE ZKW Lightings Pvt Ltd” (Hindiston) va “Genter Service GmbH” (Germaniya) texnologiyalari o‘rnatiladi. 35 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Ahamiyatlisi, yangi loyiha doirasida ishlab chiqariladigan yuqori qiymatga ega tayyor mahsulotlar to‘liq eksport qilinib, O‘zbekiston avtomobil sanoatining xalqaro bozordagi mavqeini yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
 

Поделиться