O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Faxriylar munosib taqdirlandi
2018-05-03 | Jamiyat
Navoiy viloyati hokimligida bir guruh nuroniy va mehnat faxriylariga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda nuroniy otaxon va onaxonlar davlatimiz rahbarining keksa avlod vakillariga ko‘rsatayotgan e’zoz va ehtiromidan minnatdor ekanliklarini ta’kidladi. Prezidentimizning 2017-yil 14-iyuldagi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda samarali faoliyat yuritgan, halol mehnati bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shgan faxriylar taqdirlanishi bu boradagi e’tibor namunasi bo‘ldi.
Ilk bor berilayotgan ushbu nishonga joriy yilda Navoiy viloyatidan 41 nafar faxriy munosib ko‘rildi.
Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA