O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi tadbirkorlarga murojaat bilan chiqdi

2018-05-02 | Jamiyat

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimini isloh qilish Konsepsiyasi loyihasi keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in kutib olindi.

Loyihada, mahsulot va xizmatlar narxini belgilashga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) va bojxona to‘lovlari stavkalarini o‘zgartirilishi nazarda tutilgan.

Shu sabab, aksariyat tadbirkorlar tomonidan xorijdan keltirilgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni yoki qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortiladigan tovarlarni respublikamizga olib kelishni nomuayyan muddatga to‘xtatib turish holatlari kuzatilmoqda.

Ta’kidlash joizki, ushbu o‘zgarishlar aks ettirilgan Konsepsiya loyihasi yakuniga yetmagan bo‘lib, yuridik kuchga ega emas.

Ushbu muhim normani hayotga tatbiq qilish, ya’ni bojxona to‘lovlari va soliq stavkalarini o‘zgartirish, xisoblash va to‘lash muddatlari aniq belgilangan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi va buning uchun muayyan muddat talab etiladi.

Shundan kelib chiqib, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona to‘lovlari stavkalarini o‘zgarishini kutmasdan, tadbirkorlik faoliyatini davom ettirishga chaqiramiz.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona to‘lovlari stavkalarini o‘zgartirilishi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan so‘ng, ommaviy axborot vositalari orqali bu haqda xabar beriladi.

Yana bir bor, Bojxona va soliq organlari iqtisodiy-ijtimoiy farovonlik nuqtai nazaridan barcha tadbirkorlik subyektlarining qonuniy faoliyatini rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qiladi.

Поделиться