O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident Namanganga keldi
2018-05-02 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari 2017 yil iyulda viloyatga tashrifi chog‘ida viloyatdagi tuman va shaharlarda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, yangi korxonalar tashkil etish, ish o‘rinlari yaratish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash yuzasidan vazifalarni belgilab bergan edi. Mazkur topshiriqlar izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat va tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. Mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi oshdi. Zamonaviy uy-joylar, infratuzilma obyektlari bunyod etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu ishlarning sifati, islohotlarning borishi bilan tanishadi, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni belgilab beradi.