O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsiya va istiqbol

2018-05-02 | Ta’lim

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Zamonaviy uzluksiz ta’lim muammolari: innovatsiya va istiqbollar” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

Unda professor-o‘qituvchilar, xorijiy mutaxassislar, jumladan, Italiya, Malta, Rossiya, Xitoy, Ruminiya, Norvegiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Tojikistondan kelgan olimlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga qaratilayotgan alohida e’tibor kelajak vorislarini sog‘lom va intellektual salohiyatli etib tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim tizimida tadrijiy islohotlar davom etmoqda. 

Tadbirda oliy pedagogik ta’limda innovatsion jarayonlar, hozirgi davrda ta’limni rivojlantirishning dolzarb pedagogik-psixologik muammolari, uzluksiz ta’lim tizimida o‘qitishning innovatsion metodlari, maktabgacha ta’lim: islohotlar va istiqbollar, O‘zbekistonda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini isloh qilishning nazariy va amaliy muammolari, imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berishning dolzarb muammolari, oliy ta’limdan keyingi ta’limni rivojlantirish, pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kabi masalalar muhokama markazida bo‘ldi. 

Maxsus to‘plamga kiritilgan konferensiya ishtirokchilarining ma’ruzalari tahlil qilindi. 

Tadbir doirasida respublikamiz yosh olimlarining ilmiy izlanishlari natijalari yuzasidan ko‘rgazmalar tashkil etilib, yangi nashr etilgan kitoblar taqdimotlari o‘tkazildi. 

 

Mohigul Qosimova, O‘zA
 

Поделиться