O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eng yaxshilar aniqlanadi
2018-05-02 | Ta’lim
Xalq ta’limi vazirligi tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilardan tashabbuskor, ijodkor, yangilikka intiluvchi va malakali o‘qituvchilarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazib keladi.
Ko‘rik-tanlov 3 bosqichda tashkil etilib,ikkinchi – hududiy bosqichda ishtirokchilar to‘rtta shartda bellashadilar va 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan qatnashchi respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarda “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Tanlov jarayonlaridan lavhalarni havola etamiz.