O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
362 nafar shaxs javobgarlikdan ozod etildi
2018-05-01 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va hududiy soliq xizmati organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan "Ishonch telefon"lari hamda elektron xizmatlar orqali fuqarolar, barcha toifadagi soliq to‘lovchilar va tadbirkorlik subyektlaridan bo‘layotgan murojaatlar, xat va arizalar o‘z vaqtida qabul qilinib, izchil o‘rganib, tahlil etib borilmoqda.
Xususan, o‘tgan hafta davomida "Ishonch telefon"lari orqali 97 ta, shundan 7 ta yuridik va 90 ta jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning barchasi ro‘yxatga olinib, belgilangan tartibda ijroga qaratilgan.
Huquqbuzarlik uchun javob berish kerak
Fuqarolar va jamoatchilikning murojaatlari yuzasidan Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida 1538 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.
O‘tkazilgan profilaktik va tushuntirish ishlari natijasida to‘g‘ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 362 nafar tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi.
Amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 1176 nafar shaxsga nisbatan 335,1 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.
Shu jumladan:
- savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 4 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasiga asosan 0,7 million so‘m, shundan:
a) xaridorga tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) chek (kvitansiya, schet) bermasdan sotish (xizmat ko‘rsatish) holatlari bo‘yicha 1 nafar shaxsga nisbatan 0,1 million so‘m;
b) nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha 1 nafar shaxsga nisbatan 0,2 million so‘m;
v) to‘lov terminallari bilan jihozlash va pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda ularni qo‘llash tartibiga rioya etmaslik holatlari bo‘yicha 1 nafar shaxsga nisbatan 0,2 million so‘m;
g) narxlarni asossiz ravishda oshirish holatlari bo‘yicha 1 nafar shaxsga nisbatan 0,2 million so‘m ma’muriy jarimalar;
- binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 53 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1591-moddasiga asosan 45,6 million so‘m;
- uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 231 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 160-moddasi 2-qismiga asosan 39,7 million so‘m;
- daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyani soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 202 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi 3-qismiga asosan 34,8 million so‘m;
- noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan 164 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasi 1-qismiga asosan 28,2 million so‘m;
- avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangan 1 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1763-moddasiga asosan 0,9 million so‘m;
- soliq hisobotini soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 325 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismiga asosan 56 million so‘m;
- debitorlik qarzi muddatlari o‘tkazib yuborilgan korxonalarning 23 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 3-qismiga asosan 39,6 million so‘m;
- soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 173 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasi 6-qismiga asosan 89,4 million so‘m ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.