O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

1 kunda 200 dan ziyod avtomobil vaqtinchalik jarima maydonchalariga qo‘yildi

2018-04-30 | Jamiyat

Toshkent viloyatida “Avtopatrul reyd” deb nomlangan 1 kunlik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirdan maqsad aholi salomatligini asrash, tinch va osuda hayot kechirishini ta’minlash, yo‘l bilan bog‘liq turli noxush holatlarning oldini olishdir. Bu borada ichki ishlar tizimining YHXB xodimlari muayyan ishlarni amalga oshirmoqda. 
 
Jumladan, joriy yil 28 aprel kuni Toshkent viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan viloyat hududida o‘tkazilgan bir kunlik — “Avtopatrul reyd” profilaktik tadbirida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalarning oldi olindi. 
 
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB ning O‘zA xabar berishicha, ushbu tadbir davomida 130 dan ziyod haydovchilar mast holda, 70 dan ortiq haydovchi tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarayotgani aniqlangan.
 
Xabarda 1 kunlik reyd kuni 200 dan ziyod avtomobil vaqtinchalik jarima maydonchalariga qo‘yilgani aytiladi.

Поделиться