O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya O‘zbekistonning jahon maydonidagi ishonchli va muhim sheriklaridan bir ekani har jihatdan e’tirof etilmoqda
2018-04-30 | Jamiyat
Nafaqat savdo-sotiq, transport logistika, sanoat, turizm, balki madaniy sohalarda ham keng miqyosda hamkorlik qilinmoqda.
Hammamiz yaxshi bilamiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMTning 72 sessiyasida “ Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolutsiyani hamda yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani qabul qilish borasidagi tashabbusi Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.
Yana bir misol. Shu yilning 26-27 mart kunlari Toshkentda Afg‘onistonga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro anjumanda Turkiya Prezidentining rasmiy vakili- Tashqi ishlar vaziri Chavusho‘g‘li janoblari ishtirok etib, o‘zining munosib fikrini bildirgan edi. “Biz O‘zbekistonning bu boradagi tashabbuslarini olqishlaymiz va bu borada biz ham barcha zarur yordamni ko‘rsatamiz”.
Darhaqiqat, O‘zbekiston xalqaro terrorizm va ekstremizmning har qanday ko‘rinishlarini keskin qoralaydi va unga qarshi kurashadi. Bu borada Turkiyaning qo‘llab-quvvatlashi albatta, muhim.