Dunyoning 22 davlatidan iqtidorli yoshlar qatnashgan 52-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi direktori Ortiqboy Eshonqulovning Ukraina Respublikasidan xabar berishicha, Minsk shahrida 23 – 29-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan 52-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Dunyoning 22 davlatidan iqtidorli yoshlar qatnashgan mazkur nufuzli olimpiadada mamlakatimiz vakillari 2 ta kumush va 4 ta bronza medalni qo‘lga kiritishib, yurtimizda ilm-fanga qaratilgan yuksak e’tiborni yana bir bor amalda namoyon etdilar.
Jumladan, Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi (1 ta kumush, 3 ta bronza), Namangan viloyati (1 ta kumush) hamda Toshkent viloyati (1ta bronza) vakillari sovrindorlar safidan joy olgan.