O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Pop tumanida yuk avtomobillari ishlab chiqariladi
2018-04-30 | Iqtisodiyot
Pop tumanida “Foton do’stlik servis” MCHJ Xitoyning Foton Motor shirkati bilan hamkorlikda “FOTON” rusumli o‘rta hajmli Xitoy yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga kirishdi.
Loyiha qiymati 25 million AQSH dollari bo‘lgan ushbu zavod uchun 15 gektar maydon va bo‘sh turgan eski zavod binosi nol qiymatda taqdim etildi. “Foton do’stlik servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Vohidjon Homidovning ma’lum qilishicha, bu yerda yiliga 15 ming dona “Foton Forland” o‘rta hajmli yuk avtomobillari ishlab chiqariladi.
Yangi quvvat to‘la ishga tushgach, 300 nafar mahalliy yoshlar ish bilan ta’minlanadi. Ularga xitoylik malakali ustalar kasb sirlarini o‘rgatadi.