O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta’lim sifatini oshirish yo‘lida

2018-04-30 | Ta’lim

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi xodimlari va Toshkent davlat Pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhlari shakllantirilib, Toshkent shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining faoliyati tahlil qilindi.

O‘rganishdan asosiy maqsad maktablardagi ta’lim sifatini aniqlash, ta’lim sohasidagi salbiy omillar, kamchiliklar, miqdoriy va sifatiy o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, monitoring natijasida olingan ma’lumotlar yordamida pedagogik va boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ular asosida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish hamda amalga tatbiq etishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan Pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari tomonidan umumta’lim maktablariga uslubiy yordam ko‘rsatilishi ta’minlandi.

O‘rganish natijalari joriy yil 21 aprel kuni Bosh vazir o‘rinbosari Q.Akmalov raisligida o‘tkazilgan Xalq ta’limi vazirligining navbatdan tashqari kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishida tanqidiy tahlil asosida muhokama qilindi.

Prezidentimiz olib borayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘ydi. Ayniqsa, yosh avlod kamoloti va ta’lim-tarbiyasiga yuksak e’tibor qaratilmoqda.

Biroq joylarda o‘qituvchilarni qishloq xo‘jaligi, obodonlashtirish va boshqa jamoat ishlariga majburiy jalb etish holatlari kuzatilayotgani, fan o‘qituvchilarining o‘z ustida yetarli darajada ishlamasligi natijasida zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish malakalari yetishmasligi kabi holatlar ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlarining to‘laqonli bajarilishiga jiddiy to‘sqinlik qilayotganligi qayd etildi.

Hay’at yig‘ilishida o‘quvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya berilishini ta’minlash, bu borada pedagoglarga tegishli shart-sharoitlar yaratish, ularga metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini va mahorat maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari xalq ta’limi tizimidagi barcha darajali rahbarlarning eng asosiy vazifasi sifatida belgilab olindi.

 

Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘limi

Поделиться